Avvalroq Spot oliygohlarda o‘zlashtirishi yuqori kambag‘al oila farzandlariga grant va foizsiz kreditlar berilishi haqida
yozgandi.
Kelasi o‘quv yilidan tegishli yo‘nalishlarda grant kvotasining 10%gacha qismi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari uchun yo‘naltiriladi.
Kuzgi dasturga Python’ni chuqur o‘rganish, loyihalar ustida ishlash va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar kiradi.
Kursda ishtirok etish uchun faqat internetga ulangan kompyuter talab qilinadi. Ishtirokchilar darslarni istalgan vaqtda va o‘ziga qulay sur’atda o‘tishlari mumki
Kurs to‘liq bepul bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish
havola orqali 15-avgustgacha davom etadi.
Kurs 14−17 yoshli maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Eng yaxshi bitiruvchilar tanlovsiz Yandex dasturlash maktabiga o‘qishga kirishlari mumkin.
Yandex Uzbekistan Python dasturlash onlayn kursini ishga tushirmoqda
Yandex Uzbekistan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun dasturlash bo‘yicha bepul onlayn kursni ishga tushirmoqda.
Kurs oldindan tayyorgarlikni talab qilmaydi va IT sohasiga qiziqishni endi boshlagan, dasturlashda ilk qadamlarni qo‘yayotgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Darslar Python dasturlash tilining asoslarini qamrab oladi. Shuningdek, “turtle” nomli vizual modul orqali kodni ekrandagi rasm va bezaklarga aylantirish o‘rgatiladi.
Kurs 8 ta mavzudan iborat bo‘lib, har bir modul 1 soatdan 1,5 soatgacha davom etadi. Barcha topshiriqlar avtomatik tarzda tekshiriladi — ishtirokchilar o‘z natijalarini darhol ko‘rishlari va rivojlanishini kuzatib borishlari mumkin.