Rob Biederman va John Nylen, Crunchbase, 2025 yil 28 iyul
Katta majburiyatlar davri tugadiOldin startaplar uchun 3 yillik oldindan to‘lanadigan shartnomalar ideal deb hisoblangan: bu daromadni kafolatlar, mijozni uzoq muddat bog‘lardi. Ammo bugun bu model o‘z kuchini yo‘qotmoqda — bozor shiddat bilan o‘zgarib bormoqda.
AI’ning tez rivojlanishi natijasida mahsulotlar tez eskiradi. Xaridorlar har oyda yangi, kuchli raqobatchilarni ko‘rmoqda. Endi ular qisqa muddatli, xavfsiz va moslashuvchan bitimlarni afzal ko‘rmoqda.
AI — tezlik, emas funksiyalarXaridorlar bugungi funksional mahsulotdan ko‘ra, ertangi ehtiyojlarga kim tez moslasha oladi — shunga qarab qaror qilishmoqda. Shuning uchun kompaniyalar:tez yangilanishlar chiqarishi,
yo‘l xaritalarini ochiq qilishlari,
ishlab chiquvchilarni mijoz muammolariga jalb etishlari lozim.
Bugungi samarali sotuv strategiyalari:Kichik va qisqa kontraktlar — tez isbotlab berish kerak.
Shaffof reja — mijoz keyingi qadamlarni bilishi lozim.
AI’ni real muammolarga yechim sifatida ko‘rsatish, shunchaki reklama emas.
Nega sotish qiyinlashdi?IT budjetlar qisqargan.
Korxonalar mavjud SaaS vositalarni kamaytirmoqda.
AI’ga ishonch bor, ammo xavf tug‘diruvchi noma’lum jihatlar ham bor.